O‘zbekistonlik 100 nafar “Prezident hojilari” Makkaga yetib keldi
May 21, 2026. 19:25 • 57 soniya
• 162MAKKA, 21-may. /“Dunyo” AA/. 21-may kuni O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Haj ibodatini ado etish uchun yuborilgan 100 nafar “Prezident hojilari” Madina shahridan Makka shahriga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Madinada ziyoratchilar shaharning muqaddas qadamjolarini ziyorat qildi hamda dastur doirasida belgilangan diniy amallar va tadbirlarni yakunladi. Shundan so‘ng guruh uyushgan tarzda Makkaga yo‘l oldi.
Makkaga yetib kelgach, ziyoratchilar mehmonxonaga joylashtirildi va ularning keyingi ibodatlari hamda Haj amallarini ado etishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Yaqin vaqt ichida guruh aʼzolari muqaddas Kaʼbani ziyorat qiladi hamda belgilangan tartib asosida Hajning barcha amallarini bajarishga kirishadi.
Ziyoratchilar Haj safari uchun yaratilgan imkoniyatlar va ko‘rsatilayotgan eʼtibor uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, ular mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va O‘zbekistonning yana-da taraqqiy etishi uchun duo qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi







