Xivadagi “Qovun sayli” xalqarofestivali doirasida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda
Avgust 09, 2026. 12:58 • 2 daq
• 74XIVA, 9-avgust. /“Dunyo” AA/. Xiva shahrida o‘tkazilayotgan “Qovun sayli” xalqaro festivali doirasida O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston turizm biznesi vakillarini birlashtirgan xalqaro B2B Workshop bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda voqea joyidan “Dunyo” AA muxbiri.
Ishbilarmonlik muloqotida Xorazm viloyatining turizm sohasi vakillari, turoperatorlar, mehmonxona va restoranlar rahbarlari hamda turizm sohasidagi xorijiy mutaxassislar ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliy aloqalarni rivojlantirish va turizm sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat bo‘ldi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar qo‘shma turistik yo‘nalishlar va xizmatlarni ilgari surish, yangi turpaketlar ishlab chiqish hamda sayyohlar oqimini oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Xorazm viloyatining turistik salohiyatini xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish hamda xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ishtirokchilar o‘zaro taklif va tajriba almashib, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari hamda qo‘shma turistik loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.
B2B formatidagi uchrashuvlar yangi sheriklik aloqalarini o‘rnatish va xalqaro turizmni yana-da rivojlantirish uchun amaliy maydonga aylandi.
Muloqotlar davomida erishilgan kelishuvlar turistik hamkorlikni kengaytirishga, xorijiy mehmonlar sonini oshirishga hamda Xorazm viloyatini O‘zbekistonning eng istiqbolli turistik hududlaridan biri sifatida yana-da keng targ‘ib qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




