TIVda xodimlar orasidagi eng faol kitobxonlar aniqlandi

Iyul 28, 2026. 20:30 • 2 daq

61
TIVda xodimlar orasidagi eng faol kitobxonlar aniqlandi
TIVda xodimlar orasidagi eng faol kitobxonlar aniqlandi
TIVda xodimlar orasidagi eng faol kitobxonlar aniqlandi
TIVda xodimlar orasidagi eng faol kitobxonlar aniqlandi
TIVda xodimlar orasidagi eng faol kitobxonlar aniqlandi

TOSHKENT, 28-iyul. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vazirligida xodimlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Eng faol kitobxon” tanlovi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tanlov ishtirokchilari o‘zbek va jahon adabiyoti asarlari bo‘yicha 30 ta test savoliga javob berdi. Xodimlarning taʼkidlashicha, ushbu loyiha nafaqat o‘z bilimini sinovdan o‘tkazish, balki sevimli asarlarini mutolaa qilishga ham zamin yaratgan. Ular bu kabi tashabbuslar doimiy anʼanaga aylanishi tarafdori ekanini bildirishdi.

Vazirning maʼnaviyat va maʼrifat masalalari hamda davlat tili bo‘yicha maslahatchisi Shuhrat Yigitaliyevning qayd etishicha, loyihada asosiy eʼtibor yosh diplomatlarning ishtiroki va ularda mutolaaga qiziqishni oshirishga qaratildi. Loyiha ichki kitobxonlik reytingini shakllantirishga ham xizmat qilishi taʼkidlandi.

Tanlov g‘oliblari pul mukofoti, maxsus sertifikat va kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish