Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasida og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytarildi

Noyabr 01, 2026. 10:00 • 51 soniya

• 116
Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasida og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytarildi
Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasida og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytarildi

VLADIVOSTOK, 1-noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Vladivostok va Xabarovsk shaharlarida vaqtinchalik mehnat faoliyati davomida og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, Xabarovsk shahrida to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi bilan mushkul ahvolda qolgan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi. U mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani sababli mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan to‘xtatilib, sud qaroriga ko‘ra Rossiyadan deportatsiya qilinishi hamda jo‘natib yuborilguniga qadar chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilishi kerak edi.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur fuqarolarning xavfsiz tarzda O‘zbekistonga qaytishi ta’minlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish