Londonda Buyuk Britaniyada faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik olimlarning birinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Noyabr 18, 2026. 09:00 • 2 daq

• 49

LONDON, 18-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan “Sharing Knowledge, Inspiring Generations” (“Bilimlar bilan bo‘lishib, avlodlarni ilhomlantirib”) mavzusida forum tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ilmiy tadbirda Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari (Oksford, Kembridj, York, Uorvik, Lids, Birmingem, Ekseter, Sautgempton, Bornmut va boshqalar), ilmiy-tadqiqot markazlari va ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik professorlar, olimlar, tadqiqotchilar, “El-yurt umidi” jamg‘armasi doktorantlari hamda yosh mutaxassislar ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilari ta’lim va fan sohasidagi xalqaro hamkorlik, xorijda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik olimlarning mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Tadbir davomida elchixona diplomatlari xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik ziyolilar va olimlarning mamlakat taraqqiyotidagi muhim o‘rnini ta’kidlab, ular bilan doimiy aloqalarni rivojlantirish, ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ularning salohiyatidan O‘zbekiston manfaatlari yo‘lida samarali foydalanish zarurligini qayd etdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish