Yaponiyadagi vatandoshlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Noyabr 16, 2026. 20:00 • 56 soniya
• 166TOKIO, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiyaning yirik xalqaro kompaniyalar, moliya muassasalari va ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning bilim, tajriba va kasbiy salohiyatidan mamlakat taraqqiyoti yo‘lida samarali foydalanish, ularni Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan investitsiyaviy, innovatsion hamda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida vatandoshlar Yaponiyadagi faoliyati va to‘plagan tajribasi haqida so‘z yuritib, O‘zbekiston bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarni kengaytirish bo‘yicha o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.
Uchrashuv yakunida xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ularning salohiyatini mamlakat taraqqiyoti yo‘lida safarbar etish hamda o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

