Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida YTHda halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlari Vatanga olib kelindi
Avgust 25, 2026. 16:30 • 2 daq
• 213
OLMAOTA, 25-avgust. /“Dunyo” AA/. 22-avgust kuni Qizilo‘rda shahridan o‘tuvchi Shimkent–Samara avtomobil yo‘lining Aqsay hududida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan. Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, hodisa haydovchining rul boshqaruvida uxlab qolishi natijasida yuk avtomobili bilan to‘qnashishi sababli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini Vatanga tezkor qaytarish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rdi.
Jumladan, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda halok bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlarini doimiy yashash joyi – Toshkent viloyatining Bekobod shahriga o‘z vaqtida yetkazish masalasi Qozog‘istonning vakolatli idoralari bilan tezkorlik bilan hal etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi