O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari sammiti Turkiya ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi

Avgust 25, 2026. 18:30 • 3 daq

115
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari sammiti Turkiya ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari sammiti Turkiya ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari sammiti Turkiya ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari sammiti Turkiya ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari sammiti Turkiya ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi

ANQARA, 25-avgust. /“Dunyo” AA/. Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralari Turkiya ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, qator yetakchi turk nashri va axborot agentliklari – “RHA Ajans”, “Mersin Haber”, “Yozgat Gazetesi”, “Son Dakika”, “Haberler”, “Orta Doğu Gazetesi”, “Tamga Türk”, “Aksiyon”, “QHA” va “Hibya Haber Ajansı” Toshkentdagi sammit va uning natijalarini atroflicha yoritdi.

Mualliflar Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarni nafaqat O‘zbekiston–Ozarbayjon munosabatlaridagi muhim voqea, balki Turkiy dunyodagi strategik hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim qadam sifatida baholadi.

Maqolalarda O‘zbekiston–Ozarbayjon davlatlararo oliy kengashi majlisi o‘tkazilganiga alohida eʼtibor qaratilgan. Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlari Toshkent va Boku o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yangi, amaliy bosqichga olib chiqadigan muhim voqea sifatida qayd etildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlarining strategik ahamiyati ham keng yoritildi. Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni strategik ittifoqchilik darajasiga ko‘tardi. Nashrlarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonni “ishonchli ittifoqchi, strategik sherik va qardosh davlat” sifatida taʼriflagani ham alohida keltirildi.

Tashrifning mintaqaviy va geosiyosiy ahamiyati ham turk tahlilchilarining diqqat markazida bo‘ldi. Ayrim nashrlar Toshkentdagi muzokaralarni hal qiluvchi va muhim sammit sifatida baholagan bo‘lsa, boshqalari O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligini Markaziy Osiyo hamda Janubiy Kavkazni bog‘lovchi muhim geosiyosiy va geoiqtisodiy ko‘prik, deya taʼrifladi.

Turk OAVlari tashrif doirasida yangi qo‘shma loyihalarga start berilgani, sanoat va infratuzilma obyektlarining ochilishi hamda ularga tamal toshi qo‘yilganini ham keng yoritdi. Jurnalistlar fikricha, ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy yaqinlik iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikda ham aniq natijalarga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Tashrifning yana bir muhim jihati transport-logistika sohasidagi hamkorlik, xususan, O‘rta koridorning ahamiyatidir. Turk tahlilchilarining maʼlum qilishicha, O‘zbekiston–Ozarbayjon munosabatlarining mustahkamlanishi Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasidagi savdo yo‘laklarini rivojlantirish, iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish