Londonda bolalar ishtirokida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi

Iyun 07, 2026. 16:15 • 2 daq

94
Londonda bolalar ishtirokida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi
Londonda bolalar ishtirokida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi
Londonda bolalar ishtirokida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi
Londonda bolalar ishtirokida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi

LONDON, 7-iyun. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida “To‘maris” ayollar birlashmasi bilan hamkorlikda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan taniqli ijodkor Nargis Karimova ishtirokida madaniy tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Buyuk Britaniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning farzandlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida bolalar uchun qiziqarli suhbatlar, ijodiy mashg‘ulotlar hamda ko‘ngilochar dasturlar o‘tkazildi.

Nargis Karimova o‘z ijodiy faoliyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi, bolalar bilan samimiy muloqot qildi va ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Uchrashuv davomida bolalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishtirokchilar farzandlarning ma’naviy-axloqiy kamoloti va ular uchun qulay ta’lim-tarbiya muhitini yaratishning ahamiyati haqida fikr almashdi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda iliq taassurotlar qoldirdi. Bunday tadbirlar xorijda yashayotgan vatandoshlarni birlashtirish, yosh avlodning milliy o‘zlik va madaniy merosga bo‘lgan qiziqishini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish