Shimkentda 70 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolariga konsullik yordami ko‘rsatildi

Noyabr 08, 2026. 10:30 • 2 daq

• 117

SHIMKENT, 8-noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi vakillari tomonidan Shimkent shahri, Qizilo‘rda, Jambil va Turkiston viloyatlarida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qabul davomida 70 nafarga yaqin vatandoshga konsullik xizmatlari ko‘rsatildi. Murojaatlar asosan xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, fuqarolik masalalari hamda vatanga qaytish guvohnomasini to‘g‘rilash bilan bog‘liq bo‘ldi.

Bosh konsulxona diplomatlari Shimkent shahridagi qator qurilish obyektlariga tashrif buyurib, bu yerda ishlayotgan hamyurtlar bilan suhbatlashdi. Vatandoshlarga xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar hamda Migratsiya agentligi ko‘magida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvlarda Qozog‘iston migratsiya qonunchiligiga rioya qilish, diniy va terroristik tashkilotlar ta’siriga tushib qolmaslik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq ishlarga aralashmaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarga bunday jinoyatlarning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Tashrif doirasida og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan, yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlangan vatandoshimizga amaliy yordam ko‘rsatildi. Unga zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, homiylar yordamida vatanga qaytarildi. Shuningdek, vafot etgan hamyurtimizning jasadini yurtimizga olib kelish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar belgilandi.

Vatandoshlarga Bosh konsulxona faoliyati, konsullik xizmatlari va ulardan foydalanish tartibi haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Sayyor qabul va uchrashuvlar yakunida fuqarolar yaratilgan imkoniyatlarni ijobiy baholab, bunday tadbirlarni muntazam tashkil etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish