Polshada jazo muddatini o‘tayotgan hamyurtimiz muddatidan avval shartli ozod qilinib, vatanga qaytarildi
Iyul 21, 2026. 10:30 • 2 daq
• 277
VARSHAVA, 21-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi vakillari xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshlarimizni har tomonlama himoya qilish va ularga zarur yordam ko‘rsatish borasidagi tizimli faoliyatini davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, diplomatik vakolatxona diplomatlari “Artur Grabovski” advokatlik byurosi hamda Polsha Chegara xizmati bilan hamkorlikda olib borilgan muzokaralar natijasida namanganlik vatandosh I.M. muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.
Hamyurtimiz Polshada o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasini sodir etgani uchun mazkur mamlakat Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan sudlanib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Elchixona tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar hamda Yevropa Ittifoqining Chegara va sohil xavfsizligi agentligi (Frontex) ko‘magida yurtdoshimiz uchun “Varshava–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilindi.
Zarur rasmiylashtiruv va kuzatuv ishlari yakuniga yetkazilgach, O‘zbekiston fuqarosining Polshadan chiqib ketishi tashkil etildi va u sog‘-salomat Vatanga qaytarildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi