O‘zbekiston diplomatlari ko‘magida yo‘l-transport hodisasida jabrlangan hamyurtimiz Vatanga qaytarildi

Noyabr 12, 2026. 16:30 • 57 soniya

• 69
O‘zbekiston diplomatlari ko‘magida yo‘l-transport hodisasida jabrlangan hamyurtimiz Vatanga qaytarildi

OQTOV, 12-noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari tomonidan Qozog‘iston hududida yo‘l-transport hodisasiga uchrab, tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosini Vatanga qaytarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Joriy yilning 1-noyabr kuni Qozog‘istonning Oqto‘be viloyati Aytekebi tumanidagi Belkopa qishlog‘i hududidan o‘tuvchi “Samara–Chimkent” avtomobil yo‘lining 921-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan hamyurtimiz U. G. Xromtau tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Vatandoshimizning salomatlik holati va tibbiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan uni Vatanga qaytarish bilan bog‘liq zarur tashkiliy choralar amalga oshirildi.

U 12-noyabr kuni konsulxona vakillari ko‘magida Oqto‘be shahridan tibbiy kuzatuv ostida O‘zbekistonga qaytarildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish