Vatandoshimiz murojaati asosida uning chaqalog‘i Belarusdan O‘zbekistonga qaytarildi

Iyul 14, 2026. 12:00 • 58 soniya

159
Vatandoshimiz murojaati asosida uning chaqalog‘i Belarusdan O‘zbekistonga qaytarildi

MINSK, 14-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Belarusdagi elchixonasi vakillari ushbu davlatdagi hamyurtimiz R.R.ning murojaatidan so‘ng, uning yaqinda tug‘ilgan farzandini O‘zbekistonga qaytarishga ko‘maklashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Avvalroq, O‘zbekiston diplomatlarining Minskdagi 1-son tergov hibsxonasiga tashrifi chog‘ida mazkur muassasada saqlanayotgan vatandoshimiz tez kunda tug‘ilajak farzandini O‘zbekistonga qaytarish va uni yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgandi.

Shundan so‘ng, ushbu murojaat bo‘yicha elchixona tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Vakolatli davlat idoralari bilan hamkorlikda zarur hujjatlar rasmiylashtirildi. Diplomatlarning saʼy-harakatlari natijasida qisqa vaqt ichida yaqinda tug‘ilgan chaqaloq yurtimizga qaytarildi. Ayni paytda bola yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirilgan.

Yurtimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari vakillari xorijda bo‘lib turgan vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, har qanday holatda ham ularga yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyatini izchil davom ettirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish