Chikagodagi sayyor qabulda 200 nafardan ortiq vatandoshga konsullik yordami ko‘rsatildi

Iyun 12, 2026. 11:30 • 57 soniya

120
Chikagodagi sayyor qabulda 200 nafardan ortiq vatandoshga konsullik yordami ko‘rsatildi
Chikagodagi sayyor qabulda 200 nafardan ortiq vatandoshga konsullik yordami ko‘rsatildi

CHIKAGO, 12-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi Chikagoda bo‘lib o‘tgan “CABEX 2026” forumi doirasida vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabulini tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qabul davomida vatandoshlarga konsullik-huquqiy xizmatlar ko‘rsatilib, hujjatlarni rasmiylashtirish, fuqarolik, pasport-viza tartib-taomillari va boshqa masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbirda jami 200 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi ishtirok etdi. Murojaat qiluvchilarga qator masalalarni hal etishda zarur maslahatlar va amaliy yordam ko‘rsatildi.

AQSH qonunchiligiga rioya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarga o‘zlari istiqomat qilayotgan mamlakat qonunlari, mahalliy an’analar va umum e’tirof etilgan xulq-atvor me’yorlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish muhimligi tushuntirildi.

Uchrashuv ishtirokchilari sayyor qabul tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalaridan uzoqda yashovchi fuqarolar uchun bunday tadbirlar juda zarur ekanini ta’kidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish