Britaniya kengashi bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

Noyabr 19, 2026. 18:30 • 2 daq

• 226
Britaniya kengashi bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Britaniya kengashi bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Britaniya kengashi bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

LONDON, 19-noyabr. /“Dunyo” AA/. Elchixona ko‘magida Britaniya kengashi bosh ijrochi direktori Skott Makdonaldning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida britaniyalik mehmonlar yurtimizning qator vazirlik va idoralari hamda ta’lim muassasalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, akademik hamkorlik hamda inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishlaridagi ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, mavjud hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Ishtirokchilar ta’lim tizimini rivojlantirish, pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish, xalqaro ta’lim standartlari va ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Safar chog‘ida Skott Makdonald Toshkent fotosuratlar uyida tashkil etilgan “Biz kimmiz?” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, san’at va fotosuratchilik sohasidagi ijodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda madaniyatlararo muloqotni kengaytirishga qaratilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish