BAAning ilg‘or suv tejovchi texnologiyalari O‘zbekistonda joriy etilishi mumkin

Iyul 16, 2026. 13:00 • 2 daq

187
BAAning ilg‘or suv tejovchi texnologiyalari O‘zbekistonda joriy etilishi mumkin

ABU-DABI, 16-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari BAAning “TAQA Water Solutions” kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi, doktor Nodir Assad bin Tohir bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida suv taʼminoti va oqova suv tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda aholining sifatli kommunal xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek, suv resurslarini samarali boshqarish, infratuzilmani rivojlantirish hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda “TAQA Water Solutions” kompaniyasining ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda joriy etish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqot yakunida tomonlar suv xo‘jaligi sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy muloqotni davom ettirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlashga tayyor ekanini tasdiqladi.

2005-yilda tashkil etilgan “TAQAWaterSolutions” bugungi kunda bir sutkada 1,3 million kub metrdan ortiq oqova suvni tozalaydi. Kompaniya qariyb 13 ming kilometrlik kanalizatsiya tarmoqlari, 40 dan ortiq tozalash inshooti hamda 260 dan ziyod nasos va ko‘tarish stansiyalarini boshqaradi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish