O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-Yorkda o‘tkazilgan xalqaro forumida qatnashdi

Iyul 15, 2026. 18:30 • 2 daq

143
O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-Yorkda o‘tkazilgan xalqaro forumida qatnashdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-Yorkda o‘tkazilgan xalqaro forumida qatnashdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-Yorkda o‘tkazilgan xalqaro forumida qatnashdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-Yorkda o‘tkazilgan xalqaro forumida qatnashdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-Yorkda o‘tkazilgan xalqaro forumida qatnashdi

NYU-YORK, 15-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari maslahatchisi, Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi kotibiyati rahbari Nazima Davletova boshchiligidagi delegatsiya AQSHning BMTdagi missiyasi tomonidan tashkil etilgan “Yordam o‘rniga savdo” forumida qatnashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Forum AQSHning BMTdagi Doimiy vakili Maykl Uolts raisligida o‘tkazildi. Tadbirda 43 ta davlat delegatsiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, Jahon banki, AQSH Savdo palatasi, Amerikaning “Apple”, “Google”, “JPMorgan Chase”, “Bank of America”, “Goldman Sachs”, “General Motors”, “ExxonMobil”, “Meta”, “Microsoft”, “Pfizer”, “Boeing”, “Winrock International” kabi yetakchi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida rivojlanishga ko‘maklashishning anʼanaviy modellaridan o‘zaro manfaatli savdo-investitsiyaviy sheriklikka o‘tish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishga xizmat qiluvchi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik istiqbollari va mintaqaning global ishlab chiqarish hamda savdo zanjirlariga yana-da faol integratsiyalashuviga alohida eʼtibor qaratildi.

Nazima Davletova AQSHning davlat va ishbilarmon doiralari vakillarini savdo-investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratadigan Toshkent xalqaro moliya markazi doirasida ingliz huquqiga asoslangan sudning tashkil etilishi kabi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli qonunchilik islohotlari taqdim etildi.

Forum doirasida BMT Taraqqiyot dasturi vakili, AQSHning savdo va tashqi qishloq xo‘jaligi aloqalari bo‘yicha vaziri o‘rinbosari, Amerikaning “Google”, “Boeing” va “BNY” korporatsiyalari vakillari bilan turli suhbatlar tashkil etildi. Muloqot jarayonida O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish