O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Sentabr 18, 2026. 13:00 • 2 daq

94
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

TOSHKENT, 18-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya biznes federatsiyasi – “Keydanren”da bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Yaponiya biznes federatsiyasi – “Keydanren” raisi janob Takeshi Xashimoto hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari rahbar va vakillari bilan davra suhbati o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Davra suhbatida “Mitsui O.S.K. Lines”, “Sojitz”, “All Nippon Airways”, “Shimizu”, “JETRO”, “Sumitomo”, “JBIC”, “Toyo Engineering”, “Toyota Tsusho”, “Marubeni”, “Mitsui”, “Mitsubishi” va boshqa yirik yapon kompaniyalarining vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston–Yaponiya iqtisodiy hamkorligini yanada kengaytirish, yapon kompaniyalarining mamlakatimizdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildik.

Energetika, transport va logistika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash kabi sohalardagi yangi imkoniyatlarga alohida to‘xtaldik.

Bugungi ochiq va amaliy muloqot yapon biznesi bilan hamkorligimizni aniq loyihalar va yangi tashabbuslar bilan boyitish uchun muhim qadam bo‘ldi”.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish