Jizzax Jamoat salomatligi texnikumi va Pokistonning “GAK HealthCare International” tashkiloti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi
Iyul 04, 2026. 14:00 • 2 daq
• 109ISLOMOBOD, 4-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi tashabbusi bilan Jizzax Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi va Pokistonning “GAK HealthCare International” ko‘p tarmoqli tibbiyot va ta’lim tashkiloti o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash marosimi onlayn shaklda tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur memorandumning imzolanishi Jizzax Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda tibbiyot sohasi uchun raqobatbardosh va malakali kadrlar tayyorlash borasidagi izchil islohotlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Hujjat professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shma seminarlar, konferensiyalar va o‘quv-trening dasturlarini tashkil etish, ilmiy-amaliy tajriba almashish hamda innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish kabi bir qator yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Shuningdek, onlayn uchrashuvda tomonlar hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar. Jumladan, sog‘liqni saqlash, tibbiy ta’lim, jamoat salomatligi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

