O‘zbekiston delegatsiyasi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha Germaniya tajribasini o‘rgandi

Oktabr 20, 2026. 14:00 • 2 daq

• 98

BЕRLIN, 20-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva boshchiligidagi delegatsiya Germaniyada qator uchrashuvlarda qatnashdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

Safar Yevropa Ittifoqi va Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan texnik ko‘mak loyihasi doirasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi Germaniya Federal ichki ishlar va adliya vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi, Bundestag hamda Berlin prokuraturasi vakillari bilan uchrashdi.

Muzokaralarda korrupsiyaning oldini olish, ichki nazorat va komplayens tizimlarini takomillashtirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish va xabar beruvchi shaxslarni himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda raqamli komplayensni rivojlantirish, xavf-xatarlarni baholashning yangi mexanizmlarini joriy etish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlar taqdim etildi.

Germaniyaning profilaktik maslahatlar berish hamda xabar beruvchilarning shaxsini oshkor etmasdan, mustaqil advokatlar orqali murojaatlarni qabul qilish amaliyoti yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvlar chog‘ida Germaniya Federal ichki ishlar vazirligi bilan korrupsiyaning oldini olish va xavf-xatarlarni baholash bo‘yicha tajriba almashishni davom ettirish, Berlin prokuraturasi bilan esa profilaktik mexanizmlarga oid amaliy materiallar almashishga kelishildi.

Shuningdek, Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan ekspertlik hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida hamkorlik bitimini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur xizmat safari korrupsiyaning oldini olishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish va ikki mamlakat o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish