Ayollar tadbirkorligini oshirish bo‘yicha Britaniya tajribasi o‘rganilmoqda
Oktabr 23, 2026. 09:30 • 2 daq
• 154
LONDON, 23-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekistonning “Hamroh” kompaniyasi direktori o‘rinbosari Sardor Yusupov britaniyalik ekspert va tadbirkor Lesli Stoner bilan onlayn suhbat o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Lesli Stoner bugungi kunda “Lesley Stonier Ltd” kompaniyasini boshqaradi. Kompaniya faoliyati kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, shaxsiy brendni mustahkamlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini takomillashtirishga intilayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu korxona “Santander”, “Etsy”, Edinburg universiteti va boshqa Britaniya tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Muloqot davomida Britaniya tomoniga “Hamroh” faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, kompaniyaning maqsad va vazifalari, O‘zbekistonda ayollar tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
Lesli Stoner ayollarning karyera va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z kasbiy faoliyati va tajribasi haqida gapirdi. U kompaniyaning yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish va shaxsiy brendni shakllantirishga qaratilgan dastur va treninglarini taqdim etdi.
Suhbat chog‘ida xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va biznesning barqaror o‘sishiga ko‘maklashish bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi