Sirdaryo viloyati texnikumlariga Xitoydan 20 dan ortiq zamonaviy smart-panellar tuhfa qilindi

Oktabr 23, 2026. 08:10 • 48 soniya

• 53
Sirdaryo viloyati texnikumlariga Xitoydan 20 dan ortiq zamonaviy smart-panellar tuhfa qilindi
Sirdaryo viloyati texnikumlariga Xitoydan 20 dan ortiq zamonaviy smart-panellar tuhfa qilindi

GUANCHJOU, 23-oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Xitoyning “Guangdong HAID Group” kompaniyasi tomonidan Sirdaryo viloyatidagi uchta texnikumga 20 dan ortiq zamonaviy smart-panellar taqdim etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu tashabbus texnikumlarda ta’lim sifatini oshirish va talabalarning zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, Sirdaryo viloyati texnikumlari va Xitoyning “Guangdong HAID Group” kompaniyasi rahbarlari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida kasbiy tayyorgarlik dasturlari orqali 100 nafar bitiruvchini ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish