Londonda O‘zbekistonning IT salohiyati va investitsiya imkoniyatlari muhokama qilindi

Iyun 15, 2026. 15:00 • 2 daq

79
Londonda O‘zbekistonning IT salohiyati va investitsiya imkoniyatlari muhokama qilindi
Londonda O‘zbekistonning IT salohiyati va investitsiya imkoniyatlari muhokama qilindi

LONDON, 15-iyun. /“Dunyo” AA/. Yurtimiz elchixonasida “IT Park Uzbekistan” bilan hamkorlikda ushbu davlatda IT yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkor vatandoshlar uchun “Digital Champions” tadbiri tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi yangi hamkorlik imkoniyatlari, autsorsing sohasidagi sheriklik istiqbollari hamda “Tech Ambassador” dasturini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Buyuk Britaniyaning raqamli xizmatlarga ixtisoslashgan “Moneff” kompaniyasi va “IT Park” o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Uning doirasida “Moneff”ning London moliyaviy markazida joylashgan ofisida “IT Park” burchagi ochildi.

“IT Park Ventures” Buyuk Britaniyada vatandoshlar tomonidan asos solingan “Ayan Capital” fintex startapining 4 million dollarlik investitsiya raundida ishtirok etib, 1 million dollar miqdorida investitsiya kiritdi. Mazkur bitim fond tomonidan amalga oshirilgan to‘rtinchi 1 million dollarlik investitsiya hisoblanadi.

Kiritilgan investitsiyaning bir qismi “Ayan Capital”ning O‘zbekistondagi muhandislik jamoasini kengaytirish, shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi skoring va avtomatlashtirish texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish