Pokiston OAV: O‘zbekistonda xotin-qizlari huquqlarini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan

Iyun 15, 2026. 15:30 • 3 daq

66
Pokiston OAV: O‘zbekistonda xotin-qizlari huquqlarini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan
Pokiston OAV: O‘zbekistonda xotin-qizlari huquqlarini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan
Pokiston OAV: O‘zbekistonda xotin-qizlari huquqlarini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan
Pokiston OAV: O‘zbekistonda xotin-qizlari huquqlarini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan

ISLOMOBOD, 15-iyun. /“Dunyo” AA/. Pokistonning «Islamabad Post» gazetasi, «The Diplomatic Insight» jurnali, «The Gulf Observer», «Khyber Mail», «Infora News» va «The World News» kabi yetakchi elektron ommaviy axborot vositalarida «O‘zbekistonda gender siyosati» sarlavhali maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnomaligida mamlakat xotin-qizlari huquqlarini ta’minlashni davlat siyosati darajasiga ko‘tarish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar belgilandi. «Ushbu islohotlar doirasida ayollarning davlat boshqaruvidagi roli va faolligini oshirish masalasi alohida ustuvor vazifa sifatida belgilandi, – deyilgan nashrlarda. – 2030-yilgacha bo‘lgan davrda ayollarni davlat xizmatiga faol jalb qilish bo‘yicha aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. Xususan, maqsad davlat xizmatida ham, «Milliy kadrlar zaxirasi»da ham ayollar ulushini 40 foizga yetkazishdir».

O‘zbekiston Hukumatning tegishli qarori bilan, qoida tariqasida, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistratura dasturiga qabul qilish uchun tavsiya etilgan nomzodlar umumiy sonining kamida 30 foizini ayollar tashkil etishi belgilandi. Bundan tashqari, ayollarni yuqori lavozimlarga tayyorlash tizimini takomillashtirish va ularning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu orqali ayollar nafaqat davlat boshqaruvi tizimida, balki strategik qarorlar qabul qilish darajasida ham faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Maqolalarda ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ta’lim islohotlari ham ayollarning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini tubdan isloh qilish, ta’lim jarayoniga eng so‘nggi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va o‘qituvchilarning kasbiy darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ayollar ta’limiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada, so‘nggi yillarda ayollarning amaliy va aniq fanlarga qiziqishi ortib bormoqda.

Shuningdek, materiallarda 2020-yildan boshlab ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalariga davlat grantlari (1000 kvota) asosida qabul qilish tizimi joriy etildi. 2021-yilda ushbu grant o‘rinlari ikki baravarga oshirilib, 2000 taga yetdi. Joriy yilda bu kvotalar yana ikki baravarga oshirilib, 4000 taga yetdi. Natijada, so‘nggi 5 yil ichida ushbu imtiyoz asosida davlat grantlari asosida oliy ta’lim muassasalariga qariyb 13 000 ayol qabul qilindi.

«5 yillik ish tajribasiga ega, ammo oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan ayollar uchun kvotalar soni esa 5 baravar oshirilib, 2500 taga yetdi. Ushbu imtiyoz asosida 2022-2025-yillar oralig‘ida 2000 dan ortiq ayollar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdilar», – deb yozgan Pokiston OAV.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish