Germaniyaning Potsdam shahrida O‘zbekiston mutaxassislari ishtirokida tarixiy merosni asrash va zamonaviy shaharlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Noyabr 16, 2026. 11:00 • 2 daq

• 256

POTSDAM, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. Potsdam amaliy fanlar universitetida O‘zbekiston va Germaniya oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida tarixiy merosni asrash va zamonaviy shaharsozlik masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD)ning “Sharq bilan hamkorlik” hamda “Erasmus+” dasturlari doirasida tashkil etildi.

Konferensiyada Toshkent arxitektura-qurilish, Samarqand davlat, Samarqand davlat arxitektura-qurilish, Buxoro davlat va Buxoro davlat texnika universitetlari vakillari qatnashdi.

Muhokamalarda tarixiy shaharlar va mahallalarni asrash, yangi qurilishlarni mavjud me’moriy muhitga uyg‘unlashtirish hamda binolarning zilzilabardoshligini ta’minlash masalalari yuzasidan so‘z yuritildi.

Mamlakatimizning Germaniyadagi elchisi Dilshod Axatov va universitet prezidenti, professor Yeva Shmitt-Rodermund mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Buxoro va Samarqand misolida mahalla me’morchiligi va ijtimoiy hamjihatlik, Toshkent tajribasi asosida esa modernizm davri binolarini zamonaviy ehtiyojlarga moslashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Professor Filipp Moyzer Toshkentning 1966-yildagi zilziladan keyin qayta qurilishi va shahar yangilanishining me’moriy meros, aholi manfaatlari hamda tarixiy xotiraga ta’siriga bag‘ishlangan ilmiy monografiyasi haqida so‘z yuritdi.

Qurilish xavfsizligi va qulay shahar muhitiga oid taqdimotlarda binolarni mustahkamlash, transport shovqinini baholash, iqlim o‘zgarishiga moslashish hamda mahallalarda “15 daqiqalik shahar” konsepsiyasini sinov tariqasida joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

O‘quv dasturida raqamli va dual ta’lim hamda qo‘shma tadqiqotlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ochiq ta’lim resurslaridan birgalikda foydalanish va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bilan Potsdam amaliy fanlar universiteti o‘rtasida dual ta’lim bo‘yicha tajriba loyihasini ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish