O‘zbekistonning Minsk shahridagi elchixonasida “Yoshlar kuni” doirasida vatandosh talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Noyabr 16, 2026. 18:00 • 56 soniya
• 9MINSK, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida “Yoshlar bilan muloqot kuni” doirasida Belarus oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Jumladan, Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti, Milliy texnika universiteti hamda Davlat aviatsiya akademiyasida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan muloqot chog‘ida talabalar o‘qish jarayoni, yashash sharoitlari va kundalik turmush tarzi haqida so‘zlab berdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Yoshlarga xorijda bo‘lish qoidalariga qat’iy rioya qilish, bilim va kasbiy salohiyatni oshirish hamda vatan taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, elchixona bilan keyingi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


