“Yangi O‘zbekiston” va Uorvik universitetlari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Oktabr 27, 2026. 12:00 • 56 soniya
• 95
LONDON, 27-oktabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Uorvik universiteti hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, oliy ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish borasida fikr-mulohazalar almashildi.
Tomonlar ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik almashinuv imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari bo‘yicha ham fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi