O‘zbekiston 2027-yilda futbol bo‘yicha U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

Iyul 31, 2026. 18:30 • 2 daq

113
O‘zbekiston 2027-yilda futbol bo‘yicha U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

TOSHKENT, 31-iyul. /“Dunyo” AA/. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya qo‘mitasi Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 2027–2029-yillarda turli yosh toifalari o‘rtasidagi Osiyo kuboklariga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomini eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qabul qilingan qarorga ko‘ra, O‘zbekiston 2027-yilda futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasidagi U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. Musobaqa 2027-yil 12–29-may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

OFK maʼlumotiga ko‘ra, mazkur turnirni o‘tkazish huquqi yoshlar o‘rtasidagi musobaqalar taqvimini qayta ko‘rib chiqish va mezbon davlatlarni qayta taqsimlash doirasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga berilgan.

Osiyo futbol konfederatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi 2028-yilgi U-23 Osiyo kubogiga Yaponiya mezbonlik qilishini eʼlon qildi. Ushbu musobaqa 2028-yilda Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar uchun Osiyo mintaqasidagi saralash turniri vazifasini bajaradi.

2029-yilgi U-17 Osiyo kubogi esa Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning 17 yoshgacha bo‘lgan futbol terma jamoasi 2025-yilda Osiyo chempioniga aylanib, mamlakat tarixida ikkinchi bor mazkur nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish