Bugun Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun bahslarni boshlaydi
Noyabr 24, 2026. 09:00 • 50 soniya
• 448
TOSHKENT, 24-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Shveysariyada shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionligi uchun bahslar boshlanadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan kuch sinashadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, Javohir Sindarov birinchi partiyani oq donalarda o‘tkazadi.
14 partiyadan iborat ushbu musobaqa davomida hamyurtimizga grossmeysterlar Muhiddin Madaminov, Roman Vidonyak va Nikita Vityugovdan iborat tajribali jamoa ko‘maklashadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Butun O‘zbekiston xalqi Javohir Sindarovga omad tilaydi. Olg‘a, Javohir!
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi