O‘zbekiston chempionlik ostonasida: shaxmat olimpiadasida hal qiluvchi baxslar boshlandi

Sentabr 27, 2026. 13:00 • 2 daq

• 155

SAMARQAND,-27-sentyabr. /»Dunyo» AA/. 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida hal qiluvchi palla boshlandi: erkaklar o‘rtasidagi musobaqaning 10-turi yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston-1 terma jamoasi 18 ochko bilan chempionlik sari bir qadam qoldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev va Muhiddin Madaminovdan iborat jamoa 10-turda Armanistonni mag‘lub etdi. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Muhiddin Madaminov o‘z taxtalarida g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston-2 jamoasi esa turning markaziy bahslaridan birida Hindistonga 0,5:3,5 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston-3 terma jamoasi yosh tarkib bilan Isroilga qarshi bahs yuritib, kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Bugun,-27-sentyabr kuni olimpiadaning 11-tur bahslari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston-1 jamoasi Ukraina terma jamoasiga qarshi dona suradi.

11-tur oldidan Hindiston 17 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Germaniya, Ukraina va Vengriyada 16 ochkodan. AQSH, Turkiya va yana bir qator jamoalar hisobida 15 ochko mavjud.

Shu bois so‘nggi tur nafaqat chempionlik, balki sovrinli o‘rinlar taqsimoti uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega.

O‘zbekiston-2 jamoasi 11-turda Xitoy terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Jahongir Vohidov boshchiligidagi jamoa uchun ushbu uchrashuv ham muhim hisoblanadi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi 10-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Peru terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi. Biroq so‘nggi tur oldidan jamoamiz 15 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Ayollar musobaqasida Xitoy 18 ochko bilan peshqadam. Qozog‘iston 17 ochko bilan ikkinchi, Hindiston, Polsha va Vetnam esa 16 ochkodan jamg‘argan. 11-turda O‘zbekiston-1 Armaniston, O‘zbekiston-2 Isroil, O‘zbekiston-3 esa Janubiy Afrikaga qarshi bahs olib boradi.

So‘nggi turdagi Xitoy–Vetnam, Qozog‘iston–Polsha va Hindiston–Gruziya uchrashuvlari ayollar musobaqasidagi asosiy bahslardan bo‘ladi. Shu bilan birga, 15 ochkoga ega bir qator jamoalar, jumladan, O‘zbekiston-1 uchun ham sovrinli o‘rinlarga chiqish imkoniyati saqlanib qolmoqda.

arqandda olimpiada davomida FIDEning 97-Kongressi Bosh Assambleya yig‘ilishi ham o‘tkazildi. Unda FIDEning yangi prezidenti saylandi.

Ovoz berish natijasiga ko‘ra, Qozog‘iston shaxmat federatsiyasi prezidenti, «Freedom Holding Corp.» asoschisi va rahbari Timur Turlov FIDE prezidenti etib saylandi. Vishvanatan Anand esa tashkilot vitse-prezidenti bo‘ldi.

38 yoshli Timur Turlov FIDE tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi. U 2023-yildan buyon Qozog‘iston shaxmat federatsiyasiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish