Qirg‘izistondan munosabat: O‘zbekiston bosh strategik hujjatining ishlab chiqilishi Markaziy Osiyo uchun yangi hodisadir
Yanvar 28, 2026. 15:56 • 2 daq
• 313
BISHKEK, 29-yanvar. /“Dunyo” AA/. Qirg‘iziston Jahon siyosati instituti direktori Sheradil Baxtigulov “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi:
— Yangi O‘zbekistonning bosh strategik hujjatini takomillashtirish ustida ishlash — shiddat bilan o‘zgarib borayotgan tashqi muhit sharoitida mavjud resurslardan samarali va oqilona tarzda foydalanish uchun nihoyatda zarurdir.
Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” dasturini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda O‘zbekiston fuqarolarining ishtirok etayotgani alohida tahsinga loyiq. Bu xalq diplomatiyasining belgisi bo‘lish bilan birga, ushbu hujjatni ijro etuvchi davlat organlari mamlakat aholisining keng qatlami so‘rovlarini qondirish yo‘lida ishlashining kafolatidir.
Shu bois, mamlakatning bosh strategik hujjati ustida ishlash jarayoni Markaziy Osiyo miqyosida yangilik bo‘lib ko‘rinmoqda. Qolaversa, bu jarayon fuqarolar ishtiroki — hujjatga aynan xalqni o‘ylantirayotgan yo‘nalish va vazifalar kiritilishining garovi ekaniga ishonch bag‘ishlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi