Yelena Vavilina: O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik yangi qo‘shma loyihalar bilan kengaymoqda

Avgust 19, 2026. 12:03 • 2 daq

126
Yelena Vavilina: O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik yangi qo‘shma loyihalar bilan kengaymoqda

PEKIN, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Xitoyning “Aramos Beijing” konsalting kompaniyasi direktori Yelena Vavilina mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.

– O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin dildan tabriklayman.

O‘tgan davrda O‘zbekistonning eng muhim yutuqlari sifatida infratuzilmani rivojlantirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashni qayd etish mumkin. Shubhasiz, bu natijalar mamlakatda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasidir.

O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan hamkorligi tobora mustahkamlanib bormoqda. So‘nggi yillarda xitoylik tadbirkorlar bilan ko‘plab sheriklikdagi qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Eng muhimi, bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik deyarli barcha yo‘nalishlarni qamrab olgan.

O‘zbekiston mintaqa davlatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratmoqda. Bu, o‘z navbatida, barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashga, davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Qolaversa, bunday yondashuv Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonda innovatsiyalar, taʼlim va ilm-fanni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani bizga quvonch bag‘ishlaydi. Shubhasiz, respublika ushbu sohalarda rivojlanishni davom ettirsa, mintaqa iqtisodiyotining eng jadal rivojlanayotgan davlatlaridan biri maqomini yanada mustahkamlaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish