Vashington markazidagi Pensilvaniya avenyuda ilk o‘zbek milliy taomlari restorani ochildi

Avgust 19, 2026. 13:00 • 3 daq

65
Vashington markazidagi Pensilvaniya avenyuda ilk o‘zbek milliy taomlari restorani ochildi
Vashington markazidagi Pensilvaniya avenyuda ilk o‘zbek milliy taomlari restorani ochildi
Vashington markazidagi Pensilvaniya avenyuda ilk o‘zbek milliy taomlari restorani ochildi
Vashington markazidagi Pensilvaniya avenyuda ilk o‘zbek milliy taomlari restorani ochildi
Vashington markazidagi Pensilvaniya avenyuda ilk o‘zbek milliy taomlari restorani ochildi

VASHINGTON, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan AQSh poytaxtida o‘zbek milliy taomlari restoranining tantanali ochilish marosimi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yangi muassasa Vashingtonning eng nufuzli va mashhur markaziy ko‘chalaridan biri – Pensilvaniya avenyuda joylashgan. Tadbir O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bayramiga bag‘ishlandi.

Tantanali marosimda ko‘plab mehmonlar, jumladan, Oq uy, Davlat departamenti, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi, Savdo ofisi, AQSh Kongressi, tahlil markazlari, OAV va ishbilarmon doiralar vakillari, shuningdek, Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarining diplomatlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston elchisi Furqat Sidiqov mamlakat rahbariyati tomonidan xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

Bu kabi restoranning ochilishi AQSH bozorida o‘zbek biznesining ishtiroki ortib borayotganiga yorqin misol bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-investitsiyaviy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Uchrashuvda AQSh poytaxtida o‘zbek restoranining ochilishi O‘zbekistonning Amerikadagi iqtisodiy va madaniy ishtiroki kengayayotganidan dalolat berishi eʼtirof etildi. Bunday maskanlar ikki mamlakat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tab, keng Amerika jamoatchiligiga O‘zbekiston, uning boy madaniyati, urf-odatlari va mehmondo‘stligi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Tadbirda qatnashgan taʼlim va akademik doiralar vakillari o‘zbek-amerika munosabatlarida madaniy diplomatiyaning roli ortib borayotganini urg‘uladi. Milliy taomlar va pazandachilik anʼanalari O‘zbekistonning samarali turizm yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, Amerika jamiyatida mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Amerikalik ekspertlar mamlakatimiz go‘zalligi, xalqimiz mehmondo‘stligi va tarixiy qadamjolari ularda katta taassurot qoldirganini bildirdi. Milliy taomlar bilan tanishish tadbirning eng esda qolarli qismlaridan biriga aylandi. Eng muhimi, vatandoshlar bu o‘zbek restoraniga kelib, AQSH poytaxtida “O‘zbekistonning bir parchasini his qilish” imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Muloqot davomida ishbilarmon doiralar vakillari o‘zbek milliy taomlari Qo‘shma Shtatlarda tobora ommalashib borayotganini taʼkidladi. Ularning fikricha, pazandachilik anʼanalari, mehmondo‘stlik madaniyati va amerikaliklarning O‘zbekistonga ortayotgan qiziqishi AQSH bozorida o‘zbek restoranlari va milliy brendlarining ishtirokini yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

O‘zbekistonning Vashington shahridagi elchixonasi tomonidan o‘zbekistonlik ishbilarmonlarga AQSHda o‘zbek milliy brendlari va umumiy ovqatlanish maskanlarini kengaytirishga yaqindan ko‘maklashish bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bu kabi faoliyat yurtimizning xalqaro imijini mustahkamlash, turistik va madaniy merosini ommalashtirish hamda Amerika jamoatchiligining mamlakatimizga tashrif buyurishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish