Skandinaviyadagi vatandoshlar O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini nishonladi

Sentabr 24, 2026. 08:10 • 2 daq

146

STOKGOLM, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. Stokgolmdagi “Folkets Hus Hallunda” madaniyat markazida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bayram O‘zbekiston elchixonasi tomonidan “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil etildi va Skandinaviya davlatlari – Shvetsiya, Norvegiya va Daniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarni birlashtirdi.

Tadbirda O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nurimbetov, jamg‘arma raisi o‘rinbosari Boliddin Sanayev, Shvetsiyaning O‘zbekistondagi elchisi Martin Rozen va Stokgolm vitse-meri Anders Osterberg vatandoshlarni bayram bilan tabrikladilar.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanib borayotgani qayd etilib, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, madaniy-gumanitar aloqalar va ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Xorijda o‘zbek madaniyati va milliy qadriyatlarini targ‘ib qilish, o‘zbek diasporasini jipslashtirishga hissa qo‘shayotgan faol vatandoshlarni taqdirlash marosimi bayramning markaziy voqealaridan biri bo‘ldi.

Ishtirokchilarga Shvetsiyadagi o‘zbekistonlik talabalar tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yoshlar forumi” faoliyati tanishtirildi. Yoshlarga tashabbusning maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

O‘zbek xalqining madaniyati, san’ati va an’analari namoyish etilgan milliy dasturxon va konsert dasturi tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish