Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi
Oktabr 01, 2026. 11:00 • 2 daq
• 145YEKATЕRINBURG, 1-oktabr. /“Dunyo” AA/. Sverdlovsk viloyatidagi muhtasham “HYATT Regency” anjumanlar saroyida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali qabul va bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bosh konsulxona tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, Sverdlovsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Dmitriy Ionin, Yekaterinburg shahri hokimi Aleksey Orlov, RF TIVning Ural federal okrugidagi vakili Aleksandr Xarlov, shuningdek, mintaqadagi savdo-sanoat palatalari rahbarlari, yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari, xorijiy davlatlarning bosh konsullari, ishbilarmon doiralar vakillari hamda 300 nafarga yaqin vatandosh ishtirok etdi.
Tadbirni ochib bergan mamlakatimiz elchisi mehmonlarni bayram bilan muborakbod etib, yurtimizning mustaqillik yillarida erishgan ulkan yutuqlari va kelgusidagi rejalar haqida so‘zlab berdi.
Shuningdek, rasmiy qismda Sverdlovsk viloyati rahbariyati va shahar hokimi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik, savdo aloqalari va madaniy-gumanitar munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini ta’kidlab, o‘zbek xalqini qutladilar.
Bayram doirasida O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilib kelayotgan bir qator mahalliy rasmiylar, jumladan, Ural turizm assotsiatsiyasi prezidenti, O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi turizm elchisi Mixail Malsev hamda faol vatandoshlarga tashakkurnomalar topshirildi.
Tadbirning badiiy qismida Tyumen viloyatining “Bahor” raqs ansambli va “Nihol” mukofoti sovrindori Sharof Muqimov ijro etgan kuy-qo‘shiqlar hamda milliy raqslar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



