Gannoverda O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi keng nishonlandi

Sentabr 06, 2026. 19:00 • 2 daq

142

GANNOVER, 6 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning Gannover shahrida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi va “Iftixor” jamiyati hamkorligida tashkil etilgan anjumanda ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan, tahsil olayotgan va doimiy istiqomat qilayotgan 150 nafardan ziyod vatandoshlarimiz hamda ularning oila a’zolari qatnashdi.

Tantanali marosimni elchixona diplomatlari ochib berib, ishtirokchilarni qutlug‘ ayyom bilan tabrikladilar. Muloqotda so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson qadrini yuksaltirish va xorijdagi hamyurtlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari alohida ta’kidlandi. Bag‘rikenglik va hamjihatlik tamoyillarini o‘zida mujassam etgan “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasining ahamiyati qayd etildi.

Bayram dasturi doirasida milliy o‘yinlar, madaniy chiqishlar va o‘zbek palovi tortiq etilgan dasturxon tashkil etildi. Ushbu tadbir xorijdagi vatandoshlarni jipslashtirish va yosh avlodda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.

Manzura Jahed, “Iftixor” jamiyati faoli:

— Uzoq yillardan buyon Germaniyada yashasamda, vatanga mehr va daxldorlik tuyg‘usi doimo qalbimda. Bunday uchrashuvlar vatandoshlarimizni birlashtiradi va yosh avlodga milliy qadriyatlarimizni yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi. Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Abdig‘ani Ergashev, tadbir ishtirokchisi:

— Mustaqillik bayrami va “Davra Cup” kabi loyihalar xorijdagi yoshlarni birlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Bu orqali farzandlarimiz ona tili va milliy urf-odatlarimizni qadrlashni o‘rganadi. Aziz xalqimizni mustaqilligimizning 35-yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish