Guanchjouda O‘zbekistonning madaniy-gumanitar salohiyati namoyish etildi
Sentabr 06, 2026. 18:30 • 52 soniya
• 37GUANCHJOU, 6-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Nufuzli “Southern China Book Fair” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi tomonidan milliy stend tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston stendi tasviriy san’at, hunarmandchilik, to‘qimachilik sanoati, adabiyot va turizm sohalariga bag‘ishlandi. Ushbu loyiha xorij jamoatchiligiga respublikamizning boy madaniy-tarixiy merosi, ijodiy salohiyati va turistik imkoniyatlarini keng namoyish etish imkonini berdi.
Taqdimot doirasida ishtirokchilarga O‘zbekistonda ta’lim jarayoni sifatini oshirish, axborot texnologiyalarini keng joriy etish, o‘quv muassasalari va kutubxonalar infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda yoshlarni muntazam bilim olishga rag‘batlantirishga qaratilgan kompleks islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Ko‘rgazma maydonida “Guangzhou Library” kutubxonasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



