Iordaniyada O‘zbekiston mustaqilligi bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Sentabr 03, 2026. 10:25 • 2 daq

132
Iordaniyada O‘zbekiston mustaqilligi bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
Iordaniyada O‘zbekiston mustaqilligi bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

AMMON, 3-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Iordaniya poytaxtida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir O‘zbekistonning Ar-Riyoddagi elchixonasi tomonidan mamlakatimizning Iordaniyadagi faxriy konsuli Lauy Abug‘azaliy ko‘magida tashkil etildi.

Bayram tantanasida diplomatik korpus, Iordaniyaning davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, taniqli ishbilarmonlar, yetakchi ommaviy axborot vositalari hamda o‘zbek diasporasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda mehmonlar O‘zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijalari bilan tanishtirildi.

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekistonning sarmoyaviy imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Shu bilan birga, mamlakatimizning investitsion salohiyati, turizmni rivojlantirish, boy tarixiy-madaniy merosi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi sayyohlik va gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan turizm imkoniyatlari, qadimiy shaharlar va madaniy obidalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 2-iyun kuni O‘zbekistonning qarorgohi Ar-Riyod shahrida bo‘lgan Iordaniyadagi elchisi Nodirjon Turg‘unov Qirol Abdulla II ibn al-Husaynga ishonch yorliqlarini topshirgandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish