Ostin Skott: AQSh O‘zbekiston bilan tobora rivojlanib borayotgan munosabatlarni yuksak qadrlaydi

Sentabr 02, 2026. 17:30 • 2 daq

54
Ostin Skott: AQSh O‘zbekiston bilan tobora rivojlanib borayotgan munosabatlarni yuksak qadrlaydi

VASHINGTON, 2-sentyabr. /“Dunyo” AA/. AQSh Kongressmeni, O‘zbekiston bo‘yicha kokus aʼzosi Ostin Skott “Dunyo” AA orqali mamlakat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga o‘zining samimiy tabrik va ezgu tilaklarini yo‘lladi:

– Jorjiya shtatining Sakkizinchi saylov okrugi aholisi nomidan O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 31 yilligi bilan chin dildan muborakbod etaman.

Ushbu shonli sana O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatidagi boy tarixi, madaniyati va yutuqlarini yodga olish hamda uning kelajagini belgilaydigan istiqbollarga nazar tashlash imkonini beradi.

35 yil davomida O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi muhim sherikka aylanib, mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni taʼminlashga salmoqli hissa qo‘shdi.

AQSh O‘zbekiston bilan yuksalib borayotgan munosabatlar hamda tinchlik, xavfsizlik va iqtisodiy imkoniyatlarni mustahkamlash borasidagi umumiy manfaatlarni yuqori baholaydi. Ishonamanki, kelgusi yillarda mamlakatlarimiz do‘stlik rishtalarini yana-da mustahkamlab, hamkorlikni kengaytirishda davom etadi.

Ushbu qutlug‘ kunda O‘zbekiston xalqiga doimiy tinchlik-omonlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish