8–10-sentyabr kunlari Toshkent “CAITME 2026” Markaziy Osiyo xalqaro to‘qimachilik uskunalari ko‘rgazmasiga mezbonlik qiladi
Sentabr 04, 2026. 18:30 • 7 daq
• 129TOSHKENT, 4-sentyabr. /“Dunyo” AA/. 8–10-sentyabr kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” MMKda “CAITME 2026” 17-Markaziy Osiyo xalqaro to‘qimachilik uskunalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ko‘rgazma “CAITME 2026 – mintaqa to‘qimachilik sanoatining kelajagini belgilovchi texnologiyalar” shiori ostida o‘tkaziladi.
O‘z faoliyati mobaynida CAITME Markaziy Osiyo va MDH uchun noyob loyihaga aylandi va to‘qimachilik sanoati ko‘rgazmalari sohasida O‘zbekistonning milliy brendi sifatida shakllandi.
Ko‘rgazma ko‘p yillardan buyon mintaqaning to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatini innovatsion va ilg‘or rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biri bo‘lib kelmoqda.
CAITME ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash, unumdorlikni oshirish va jahon bozorlarida raqobatbardoshlikni taʼminlash yo‘lida mintaqaviy to‘qimachilik va tikuvchilik biznesiga muhim yordam ko‘rsatmoqda.
Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ilg‘or texnologiyalar yetkazib beruvchilar bilan doimiy aloqada bo‘lish, barcha yangiliklar va yangi mahsulotlardan xabardor bo‘lish, mashina va uskunalardan foydalanish bo‘yicha texnik maslahatlar olish, maxsus aksiyalar va takliflarni “birinchi qo‘ldan” olish imkonini beradi.
Bugungi kunda CAITME ko‘rgazmasining ahamiyati faqat bitta bozor doirasidan ancha keng: ko‘rgazma har yili turli mamlakatlardan uskunalar va texnologiyalarning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini bir maydonda jamlaydi, to‘qimachilik korxonalari mutaxassislari va vakillari esa zamonaviy yechimlar, yangi yetkazib beruvchilar va biznes hamkorlar izlab Toshkentga tashrif buyurishadi.
Bu, ayniqsa, jahon to‘qimachilik sanoati murakkab transformatsiya davrini boshdan kechirayotgan hozirgi bosqichda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda: tashqi bozorlar uchun raqobat kuchaymoqda, taʼminot zanjirlari o‘zgarmoqda, xalqaro tarif siyosati va transport-logistika yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqilmoqda, xalqaro buyurtmachilar tomonidan ishlab chiqarishlarning shaffofligi, barqarorligi va samaradorligiga nisbatan yangi talablar paydo bo‘lmoqda.
Shu fonda O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda davom etmoqda: soliqlarni kamaytirish, yangi eksport bozorlari va marketingni rivojlantirish uchun imtiyozlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, xalqaro sertifikatlar va standartlarni joriy etish, imtiyozli kreditlash, investitsiyalarni jalb qilish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash amalga oshirilmoqda. Birgina 2025-yilning o‘zida sohaga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 2,1 milliard dollarni tashkil etdi.
Sohada o‘rin olgan murakkab davrlarga qaramay, CAITME o‘z mavqeini saqlab qolmoqda. 2026 yilda ko‘rgazmada O‘zbekiston va Markaziy Osiyoni muhim va istiqbolli bozor sifatida ko‘radigan 18 mamlakatdan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi: Avstriya, AQSH, BAA, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Chexiya, Shveysariya, Xitoy, Yaponiya, O‘zbekiston, Hindiston.
Xorijiy davlatlar orasida ishtirokchilar soni bo‘yicha Top-5 talikka Xitoy, Turkiya, Germaniya, Italiya va Hindiston kirdi. Ko‘rgazmada xorijiy ishtirokchilarning ulushi 83 foizni tashkil etdi.
Jahon to‘qimachilik mashinasozligi sohasida yetakchi davlatlardan biri bo‘lgan Germaniya bu yil yana Milliy stend formatida ishtirok etadi. Andritz Kusters, Brückner Textile Technologies, Carl Schmale, Sossna, Texpa, Thies, Groz-Beckert KG, Kaeser Kompressoren, Schott & Meissner Maschinen - und Anlagenbau va Textima Export Import GmbH bo‘yoq, pardozlash, tikuvchilik ishlab chiqarish, noto‘quv materiallar, shuningdek, keng ko‘lamli yordamchi uskunalar va butlovchi qismlar uchun ilg‘or yechimlarni taqdim etadi.
Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Italiya, Xitoy, Turkiya, AQSH, Shveysariya va boshqa yetakchi mashinasozlik davlatlaridan kompaniyalar keng ko‘lamda ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar va taqdim etilgan brendlar orasida to‘qimachilik mashinasozligining eʼtirof etilgan yetakchilari va Yevropa hamda Osiyoning eng ilg‘or texnologiyalarini yetkazib beruvchilar - Rieter, Uster, Novibra, SSM, Spindelfabrik Sussen, Toyota, Muratec, Truetzschler, Saurer, Picanol, Santoni, Terrot, Groz-Beckert, Habasit, MHMS, Vandewiele, Mayer, IRO, Biancalani, Brazzoli, Ferraro, Epson, Mario Crosta, Itema, Lafer, Motex Di Modiano Guido, Salvade‘, Simet, Sclavos, Effe, Mahlo, Lonati, Shima Seiki, Tetas, Temsan, Staubli, Karl Mayer, Lakshmi Machine Works, Lakshmi Card Clothing, Precitex, Kansai, Eliar, Pai Lung, AB Carter, James Heal, Guven Celik, West Global, CTMTC, Hengyi, Leadsfon, Rifa, Yingyang, Baoyu, Hikari, Ricoma kompaniyalari va ko‘plab boshqalar.CAITME 2026 ekspozitsiyasi yana bir bor “O‘zekspomarkaz” MKKning barcha pavilyonlarini egallaydi va asosiy bo‘limlar bo‘yicha tuziladi:
• pardozlash, bo‘yash va bosma texnologiyalar (1-pavilyon)
• yigirish texnologiyalari (2-pavilyon)
• to‘qimachilik kimyoviy moddalari va bo‘yoqlari (Atrium 1 zali)
• tikuvchilik uchun uskunalar (3-pavilyon)
• to‘quvchilik va trikotaj uskunalari (4-pavilyon)
Bunday tuzilma mutaxassislarga oson harakatlanish, o‘zlarini qiziqtirgan yechimlarni topish, ko‘rgazmada ishlash uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va zarur uchrashuvlar jadvalini oldindan rejalashtirish imkonini beradi.
Joriy yilda CAITME ko‘rgazmasi sohaning quyidagi yangi va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlariga eʼtibor qaratadi:
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish (ishlab chiqarishning bir uchastkasi yoki barcha ishlab chiqarish liniyalari). Zamonaviy fabrikalar malakali ishchi kuchi yetishmasligidan tortib, samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirishga intilishgacha bo‘lgan o‘sib borayotgan talablarga duch kelmoqda. Avtomatlashtirish bu muammolarga kuchli javobdir: u mehnat xarajatlarini kamaytiradi, inson omili taʼsiridan qatʼiy nazar kalava ipning barqaror yuqori sifatini taʼminlaydi va uskunadan foydalanish koeffitsiyentini oshiradi.
Masalan, Yevropaning taniqli flagman kompaniyasi Rieter (Shveysariya) yigiruv fabrikalarini avtomatlashtirish bo‘yicha innovatsion yechimlarni, Texpa (Germaniya) kompaniyasi uy to‘qimachilik mahsulotlarini tikish uchun avtomatik va yarim avtomatik liniyalarni va boshqalarni taqdim etmoqda.
Ishlab chiqarish usullarini takomillashtirish orqali barqarorlikni taʼminlash: atrof-muhitga kam taʼsir ko‘rsatadigan bo‘yoqlardan oqilona foydalanish, bo‘yash va pardozlash sanoatidan chiqadigan oqava suvlarni qayta ishlash va yashil energiyadan foydalanish.
Eliar (Turkiya) kompaniyasi “aqlli” bo‘yoq dozalash tizimlari, ilg‘or datchiklar va dasturiy taʼminotni namoyish etadi, bu esa “aqlli” va “barqaror” bo‘yoq ishlab chiqarish kelajagini o‘zgartiradi.
Samaradorlikni oshirish va ishlab chiqarishni optimallashtirish. Masalan, Biancalani (Italiya) kompaniyasi ferment texnologiyasiga asoslangan ekologik toza jarayonlar yordamida resurslarni sarflashni optimallashtirish uchun mo‘ljallangan mato pardozlash yechimlarini taqdim etadi.
Ko‘p funksiyalilik va ko‘p vazifalilik. Ricoma Asia (O‘zbekiston) kompaniyasi nafaqat kashta tikadigan, balki munchoq, marvarid va kristallarni ham tikadigan kashtachilik mashinasini taqdim etadi. Maxsus moslama esa sochiqsimon kashta, zanjirsimon va tambur choklarini – mashhur o‘zbek “popop kashta”sini yaratish imkonini beradi.
O‘zbekistonga faol kirib kelayotgan barcha so‘nggi to‘qimachilik uskunalari ko‘rgazmalarining eng asosiy trendi - bu to‘qimachilik chiqindilarini yigirish sexidan tortib, ishlatilgan kiyimlarni yana ip-kalava, gazlama, tikuvchilik buyumlariga qayta ishlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda “aqlli” qayta ishlash, to‘qimachilik ishlab chiqarishlarining aylanma tizimini taʼminlash.
Bir qator yetakchi Yevropa kompaniyalari siklli ishlab chiqarish uchun yechimlarni taklif etmoqda. Masalan, ushbu sohada yetakchi ishlab chiquvchi va trend-setter bo‘lgan Truetzschler (Germaniya) kompaniyasi keraksiz tola chiqindilaridan qochishga yordam beradigan innovatsion yechimlarni taqdim etadi, yigirish ishlab chiqarishini tayyorlashdan hosil bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilaridan unumli foydalanadi va maydalangan matolar va ishlatilgan to‘qimachilik mahsulotlaridan ip ishlab chiqarishda eng yuqori sifatga erishadi.
Taʼkidlash joizki, bu yilgi CAITME yana Global Textile Days to‘qimachilik haftaligi doirasida o‘tkaziladi, uning dasturi, shuningdek, to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarini professional xarid qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilar uchun “TextileExpo Uzbekistan Sourcing Hub” platformasida V2V fomatidagi uchrashuvlar seriyasini ham o‘z ichiga oladi.
9-sentyabr kuni Atrium 2 zalida bayerlar, import qiluvchilar, distribyutorlar, savdo tarmoqlari, kiyim-kechak brendlari egalari va e-commerce vakillari O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan ishlab chiqaruvchilar bilan oldindan tashkil etilgan o‘nlab muzokaralar o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.
Tashkilotchilar CAITME shunchaki ko‘rgazma emasligini taʼkidlamoqdalar. Bu Markaziy Osiyodagi to‘qimachilik va kiyim-kechak sanoati uchun asosiy biznes platformasi, mintaqa mamlakatlari uchun investitsiya, taraqqiyot va iqtisodiy o‘sish uchun imkoniyat – butun dunyo bo‘ylab professionallar tomonidan tan olingan milliy brenddir.
CAITMEning yuqori xalqaro maqomi har yili UFI Butunjahon ko‘rgazmalar uyushmasining mustaqil auditi bilan tasdiqlanadi, ko‘rgazma 2026-yilda yana bir bor auditdan o‘tadi.Audit maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda CAITME MDH mamlakatlaridagi to‘qimachilik mashinasozligi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar orasida yetakchi o‘rinni egallab, Osiyodagi eng yirik tarmoq maydonlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Jahon to‘qimachilik va kiyim-kechak bozori jadal o‘zgarib borayotgan sharoitda aynan shunday professional platformalar modernizatsiya, barqaror rivojlanish va xalqaro maydonda o‘z mavqeini mustahkamlashga yo‘naltirilgan korxonalar uchun o‘sish nuqtasiga aylanmoqda.
Rasmiy qo‘llab-quvvatlagan idoralar va tashkilotlar:
• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi
• O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
• O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
• “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi
• Toshkent shahar hokimligi
Tashkilotchilar - Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Tel: + (998 93) 180 03 42, E-mail: pr@iteca.uz, www.caitme.uz
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


