O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi

Sentabr 29, 2026. 22:30 • 44 soniya

• 18
O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi

TOSHKЕNT, 29-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 3-davrasi videokonferensaloqa tarzida tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Kuvayt Davlati tashqi ishlar vazirining Osiyo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Navvof Abdullatif al-Ahmad boshchilik qildi.

Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi, mintaqaviy dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish