Yurtimizda yil boshidan yoshlar turizmi haftaligi o‘tkaziladi
Dekabr 30, 2025. 10:23 • 2 daq
• 2825
TOSHKENT, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. 2026-yil 1–10 yanvar kunlari yurtimizda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi hamda qator hamkor tashkilotlar ko‘magida “Yoshlar turizmi haftaligi” tadbirlari o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Yoshlar turizmi haftaligi” Prezidentimizning “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, har yili anʼanaviy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni respublikamizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishi uchun turli imkoniyatlar yaratiladi.
Xususan, bu yilgi haftalik doirasida respublikadagi joylashtirish vositalari tomonidan 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi. Madaniy meros agentligi va “Vaqf” xayriya fondi tasarrufidagi ziyoratgohlarga yoshlar 10 foizlik chegirma bilan kirishi mumkin.
“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan o‘rta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari yoshlari uchun 2025-yil 26-dekabrdan 2026-yil 11-yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarda iqtisodiy toifadagi tariflarda 50 foizlik chegirma taqdim etildi.
Haftalik doirasida yoshlarning taʼtilini mazmunli o‘tkazish maqsadida respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan konsert-tomosha tadbirlari ro‘yxati shakllantirildi.
Davlat rahbarining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat teatrlari spektakllariga bepul kiritilishi belgilangan.
“Yoshlar turizmi haftaligi”da faol ishtirok etib, O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

25–27-mart kunlari Toshkentda “Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan 2026” 21-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “To‘qimachilik va tikuvchilik sanoati – TextileExpo Uzbekistan Bahor 2026” 26-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

25–27-mart kunlari Toshkent shahrida “Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan 2026” 21-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

