Bokudan munosabat: O‘zbekiston global kun tartibini shakllantirishda tobora faol harakat qilmoqda

Sentabr 25, 2026. 18:00 • 2 daq

• 7
Bokudan munosabat: O‘zbekiston global kun tartibini shakllantirishda tobora faol harakat qilmoqda

BOKU, 25-sentabr. /“Dunyo” AA/. Ozarbayjonlik siyosiy sharhlovchi, “BIZ CLUB” intellektual-munozara platformasi asoschisi Murod Sadaddinov “Dunyo” AAga O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida so‘zlagan nutqi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:

– Saida Mirziyoyevaning nutqi nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo uchun ham muhim voqeadir. Nutqning asosiy g‘oyasi – yakkalanish o‘rniga ochiqlik, ziddiyat o‘rniga muloqot va qarama-qarshilik o‘rniga hamkorlik bo‘ldi.

Nyu-Yorkda mamlakatning xalqaro xavfsizlik, BMT islohoti, mintaqaviy hamkorlik, Afg‘oniston, ekologiya, sun’iy intellekt va inson kapitali masalalari bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasi taqdim etildi.

Fikrimcha, xalqaro hamjamiyatga Yangi O‘zbekistonning bugungi qiyofasi taqdim etilgani alohida ahamiyatga ega. Inson qadri, ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot asosiy yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

Markaziy Osiyodagi yangi dinamikaga alohida e’tibor qaratildi, bu yerda mintaqa mamlakatlari ziddiyatlardan asta-sekin hamkorlikka o‘tmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston mintaqaviy kun tartibini shakllantirishda tobora faol harakat qilmoqda.

Toshkentning BMTni isloh qilish bo‘yicha pozitsiyasi, jumladan, Xavfsizlik Kengashini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonning 2035–2036-yillarga Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga nomzodini ko‘rsatish ham muhim signal bo‘ldi.

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, Orol dengizini tiklash, qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish va sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish borasida ham tashabbuslar taqdim etildi.

Siyosiy sharhlovchi sifatida Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik sur’ati ortib borayotganini alohida ta’kidlayman. O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash keng turkiy makon uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish