Logo

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Novosibirskda mehnat migrantlari bo‘lgan vatandoshlarning mehnat va turmush sharoitlari bilan tanishdi

Mart 25, 2026. 09:37 • 59 soniya

121
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Novosibirskda mehnat migrantlari bo‘lgan vatandoshlarning mehnat va turmush sharoitlari bilan tanishdi

NOVOSIBIRSK, 25-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari O‘zbekiston fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan “Start” zavodi va “G‘arbiy Sibir sanoat kompaniyasi”ning xonalararo eshiklar ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘tkazilgan uchrashuvlar davomida vatandoshlarning talab va istaklari tinglandi, shuningdek, diplomatlar ularning ish va yashash joylari, yaratilgan maishiy sharoitlar bilan tanishdilar.

Vatandoshlarni ziyorat qilishdan ko‘zlangan maqsadlardan biri ularni konsullik hisobiga qo‘yish, shuningdek, konsullik va huquqiy tusdagi boshqa masalalarni hal etishdan iborat edi.

Tashrif davomida ushbu korxonalarda 51 nafar O‘zbekiston fuqarosi konsullik hisobiga qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “TexnoPan” va “SibVtorNsk” korxonalarida ishlayotgan 29 nafar O‘zbekiston fuqarosi konsullik hisobiga qo‘yilgandi.

Shunday qilib, so‘nggi haftada konsullik hisobiga qo‘yilgan O‘zbekiston fuqarolari soni 80 nafarni tashkil etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish