O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari telefon orqali muloqotda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, shuningdek, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb jarayonlarni muhokama qildilar
Mart 20, 2026. 15:26 • 2 daq
• 191
TOSHKENT, 20-mart. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Jeyhun Bayramov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri, aziz birodarim Jeyhun Bayramov janoblari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida Ozarbayjondagi barcha do‘stlarimizni Iyd al-Fitr va Navro‘z bayramlari bilan samimiy tabriklab, ularga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladik.
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik ittifoqchilikka asoslangan munosabatlar Davlatlarimiz Rahbarlari belgilab bergan yuksak darajadagi muloqot tufayli misli ko‘rilmagan sur’atlarda rivojlanayotganini alohida ta’kidladik.
Shu bilan birga, ikki tomonlama hamkorlik masalalari, shuningdek, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb jarayonlar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashdik.
Barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda yaqin hamkorlikni davom ettirish muhimligini qayd etdik”.
“Dunyo” AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi