Ostonada O‘zbekiston–Qozog‘iston turizm forumi bo‘lib o‘tdi

Sentabr 14, 2026. 10:00 • 2 daq

200

OSTONA, 14-sentabr. /“Dunyo” AA/. Ostonada “O‘zbekiston va Qozog‘iston: strategik sheriklik va yangi turizm xablarini shakllantirish” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Turizm sohasi vakillarini birlashtirgan forumda ikki mamlakatning davlat idoralari, diplomatik korpusi, aviakompaniyalari, turoperatorlari, mehmonxona biznesi va ommaviy axborot vositalarining 300 nafarga yaqin vakili jam bo‘ldi.

Ishtirokchilar asosiy eʼtiborni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni kengaytirish, yangi sayyohlik yo‘nalishlarini rivojlantirish va transport bog‘liqligini yaxshilashga qaratdi. Hozirda mamlakatlar o‘rtasida haftasiga 50 dan ortiq muntazam reys amalga oshirilmoqda, so‘nggi bir yilda esa oltita yangi yo‘nalish ochildi.

Mehmonxona sanoati, tibbiyot va sanatoriy-kurort, ziyorat va gastronomik turizm sohalaridagi hamkorlik istiqbollari alohida muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar ikki mamlakatning tarixiy-madaniy merosi va gastronomik anʼanalarini uchinchi davlatlar bozorlarida birgalikda targ‘ib qilish imkoniyatlarini qayd etdi.

Uchrashuv doirasida aviakompaniyalar, mehmonxona biznesi va turizm sohasi vakillari ishtirokida uchta panel sessiyasi o‘tkazildi. O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdimoti, “Nadi.uz” brendining milliy va zamonaviy liboslar to‘plami namoyishi hamda anʼanaviy amaliy sanʼat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Forum yakunlari bo‘yicha turizm va biznes hamjamiyati vakillari aviaqatnovlarni kengaytirish, qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlari va mahsulotlarini yaratish, mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Qozog‘iston bozorida ilgari surish borasidagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish