O‘zbekiston va BAA turizm sohasidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi
Iyun 10, 2026. 11:00 • 2 daq
• 172
ABU-DABI, 10-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Turizm qo‘mitasi hamda BAA Iqtisodiyot va turizm vazirligi o‘rtasida onlayn muloqot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
BAA Iqtisodiyot va turizm vazirligidan Turizm sohasini rivojlantirish departamenti direktori Muhammad Al Ahbabi ishtirok etdi.
Muloqot chog‘ida BAA tomoniga O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish, zamonaviy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish hamda sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Onlayn muzokaralar davomida O‘zbekiston turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, mehmonxonalar qurish va boshqarish loyihalariga BAAning yetakchi “Rotana”, “Jumeirah Group”, “Emaar Hospitality Group”, “JA Resorts & Hotels”, “Five Hotels & Resorts”, “Habtoor Hospitality” va “Aldar” kompaniyalarini jalb qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Shuningdek, shu yil 14–17-sentyabr kunlari Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan “Arabian Travel Market Dubai – 2026” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida hamkorlik memorandumini imzolashga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha amirliklar tomoni joriy yilning 25–27-noyabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan “Ipak yo‘lida turizm – TITF 2026” 31-xalqaro turizm ko‘rgazmasida BAA sayyohlik kompaniyalarining ishtirokini ta’minlashga tayyor ekanini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi