O‘zbekiston turizm brendi Benilyuks mamlakatlari bozorida targ‘ib qilinmoqda

Iyun 06, 2026. 16:00 • 2 daq

114
O‘zbekiston turizm brendi Benilyuks mamlakatlari bozorida targ‘ib qilinmoqda
O‘zbekiston turizm brendi Benilyuks mamlakatlari bozorida targ‘ib qilinmoqda
O‘zbekiston turizm brendi Benilyuks mamlakatlari bozorida targ‘ib qilinmoqda

BRYUSSEL, 6-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasida mamlakatimiz turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda yetakchi turoperatorlar, aviakompaniyalar, Yevropaning turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi tashkilotlari hamda OAV vakillari qatnashdi.

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi G‘ayrat Fozilov bugungi kunda mamlakatimiz boy madaniy-tarixiy merosi, zamonaviy islohotlar va rivojlanayotgan infratuzilmasi tufayli Markaziy Osiyodagi eng jadal rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylanganini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbir jarayonida O‘zbekiston, Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutuvchi “Turkish Airlines” aviakompaniyasi bilan hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga aviakompaniyaning Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlariga amalga oshirilayotgan parvozlari haqida ma’lumot berildi.

Taqdimotda so‘zga chiqqan Bryussel Press-klubi rahbari, O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi turizm bo‘yicha elchisi Antonio Buskardini O‘zbekistonni Buyuk Ipak yo‘lining boy merosi, yuqori darajadagi xavfsizlik, mehmondo‘stlik an’analari, rivojlangan infratuzilma va kengayib borayotgan xalqaro transport aloqalarini uyg‘unlashtirgan zamonaviy va jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatida e’tirof etdi.

Tadbir doirasida turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, sohani raqamlashtirish, mehmonxonalar fondini kengaytirish hamda turizmning gastronomik, ekologik, etnografik va MICE turizm kabi yangi yo‘nalishlarini ilgari surish rejalari taqdim etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish