“Travel Trade Journal” Hindiston sayyohlik kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga lyuks toifasidagi tanishuv turi haqida maqola chop etdi
Iyun 03, 2026. 08:55 • 2 daq
• 121
DEHLI, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. Hindistonning ixtisoslashgan “Travel Trade Journal” turistik portali “Kazin DMC” kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga tashkil etilgan lyuks toifasidagi tanishuv turi yakunlariga bag‘ishlangan maqola chop etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu material xalqaro sayyohlik hamjamiyatining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganining hamda mamlakatimizni zamonaviy va jozibador yo‘nalish sifatida targ‘ib qilish borasidagi izchil ishlarning navbatdagi ifodasi bo‘ldi.
Nashrning xabar berishicha, olti kunlik tur O‘zbekistonning Toshkent, Buxoro va Samarqand kabi asosiy sayyohlik markazlarini qamrab oldi. Unda Hindistonning turli hududlariga tegishli sayyohlik agentliklari vakillari ishtirok etdi.
Dasturdan tarixiy diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish, yuqori darajadagi majmualarda istiqomat qilish, milliy taomlar bilan tanishish, savdo markazlariga tashrif buyurish, shuningdek, zamonaviy turistik infratuzilma va mehmondo‘stlik industriyasi namoyishi o‘rin oldi.
Nashrda “Kazin DMC” bosh direktori Rohit Shorining so‘zlaridan keltirilgan iqtibosga ko‘ra, turning asosiy maqsadi hamkorlarga nafaqat tarixiy obidalarni ko‘rsatish, balki yangi, zamonaviy va jadal rivojlanayotgan O‘zbekistonni kashf etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, tur doirasida O‘zbekiston Hindiston bozori uchun “lyuks” toifasidagi sayohatchilar, MICE-turizm, shuningdek, individual va guruhlarga birlashgan sayohatlar uchun nafis hamda dolzarb tanlov sifatida taqdim etildi.
“Travel Trade Journal” jurnalidagi maqola bu kabi professional turlarning muhim ahamiyatini yaqqol namoyish etadi. Bunday tashriflar, xususan, ularning ishtirokchilariga yangi mehmonxonalar, zamonaviy restoranlar va faol dam olish imkoniyatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkonini beradi.
Hindistonlik turoperatorlarning shaxsiy tajribasi yangi, sifatli turistik paketlarni yaratish uchun asos bo‘lmoqda.
Yetakchi ixtisoslashgan xorijiy ommaviy axborot vositalarida bunday mazmundagi materiallarning chop etilishi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi tanilishini oshirishning muhim elementi hisoblanadi. Ular mamlakatimizning lyuks va ishbilarmonlik turizmining jiddiy ishtirokchilaridan biriga aylanayotganini tasdiqlamoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Guanchjoudagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi



