Anqarada «O‘zbekiston — 365 kun» konsepsiyasi taqdim etildi

Sentabr 27, 2026. 15:30 • 2 daq

• 115
Anqarada «O‘zbekiston — 365 kun» konsepsiyasi taqdim etildi

ANQARA,27-sentyabr./"Dunyo" AA/. Anqara shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy dunyo xalqaro turizm kongressi va festivali doirasida O‘zbekistonning turistik salohiyati keng namoyish etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O‘zbekiston stendiga tashrif buyurganlar mamlakatning qadimiy shaharlari, boy madaniy merosi hamda turli yo‘nalishdagi sayyohlik dasturlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbir davomida mamlakatimizni nafaqat ma’lum bir mavsumda, balki yil davomida sayyohlar uchun jozibali manzil sifatida targ‘ib qilishga qaratilgan "O‘zbekiston — 365 kun" konsepsiyasi taqdim etildi.

Taqdimot doirasida Samarqand, Buxoro va Xivaga madaniy sayohatlar, shuningdek, tog‘ turizmi, ekoturizm, ziyorat turizmi, gastronomik, tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmi imkoniyatlari namoyish qilindi. Stend mehmonlari turoperatorlar vakillari bilan bevosita muloqot qilib, o‘z qiziqishlari va afzalliklariga ko‘ra sayyohlik dasturlarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbirning ilk kunidayoq O‘zbekistonga 11 ta tur sotuvi amalga oshirildi.

"O‘zbekiston — 365 kun" konsepsiyasi doirasida Turkiya shaharlarida kichik formatdagi taqdimotlar o‘tkazish, ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etish, universitetlar bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda turkiyalik auditoriyani jalb etgan holda videomateriallar tayyorlash ham nazarda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish